Qozog'iston chempionati. Sergeevning goli "Tobol"ga uch ochko taqdim etdi

Оқил Абдубарноев
19 iyun 2022
Qozog'iston chempionatining 14-turidan o'rin olgan "Tobol" - "Kaspiy Aktau" uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuv minimal hisobda mezbonlar foydasiga yakunlandi. O'yindagi yagona golni "Tobol"ning o'zbekistonlik hujumchisi Igor Sergeev urdi. Terma jamoamiz a'zosi 67 daqiqa maydonda harakat qildi. Qolaversa, birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda mezbonlarning serbiyalik legioneri Zoran Toshich penaltini aniq amalga oshira olmadi. 

"Tobol" mazkur g'alabadan so'ng 21 ochko bilan chempionat turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. "Kaspiy Aktau" esa 22 ochko bilan 2-pog'onani band etgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia