Qo'rqitishlarga qaramasdan "Xaddersfild" tanqidlarga ko'milgan liboslarni sotuvga chiqardi

Mirjalol Normatov
25 iyul 2019
"Xaddersfild" rasmiy do'konida klubning yangi mavsum uchun chiqarilgan liboslari sotuvga qo'yildi.

Yodingizda bo'lsa, ushbu liboslar namoyishida katta tanqidga uchragandi. Shuningdek, FA tomonidan taqiqqa uchrashi ham mumkinligi aytilgandi.

Meyorlarga ko'ra, klubning rasmiy homiysi logosini bunday kattalikda liboslarga joylashtirish taqiqlangan. Angliya matbuotining xabariga ko'ra, "Xaddersfild" yangi mavsumda shu ko'rinishdagi libosida o'ynamasligi aniq bo'lib ulgurgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia