Qorovullikdan milliarderlikkacha yoxud 50 yoshni qarshilagan Dana Uayt haqida

Aziz Tukhtamuradov
29 iyul 2019
Kecha, 28 iyul kuni UFC prezidenti Dana Uayt yarim asrlik tavallud ayyomini nishonladi va bugun biz aralash qoidalar funkcionerining faoliyatiga nazar tashlaymiz.

Bolalik davri

Dana Uayt - 1969 yilning 28 iyul kuni AQSHning Konnektikut shtati Manchester shahrida tug'ilgan. Uayt otasidan juda erta ayriladi. Onasi esa ikki bolani boqish uchun tinmay ishlashga majbur bo'lgan. Bo'lajak magnatning yoshligi asosan Las-Vegas ko'chalarida o'tadi. Dana 1987 yili ancha nufuzli hisoblangan Boston kollejiga o'qishga kirdi. Uaytning yoshlikdan maqsadi pul topish bo'lgan. U kollejda o'qib yurgan kezlariyoq tungi klublarda qorovullik qilgan va parallel ravishda boks bilan jiddiy tarzda shug'ullangan. Lekin bu holat yaxshilikka olib kelmadi. Pul hamda boksga berilib ketgan Dana ikkinchi bosqichda kollejdan chetlatiladi.

Yashash uchun kurash

Taxsilni yig'ishtirgan Dana bir vaqtning o'zida qorovullik qilgan, barmen bo'lib ishlashgan va havaskor boks bilan shug'ullangan. Lekin boksdagi faoliyat o'qish singari uzoqqa cho'zilmadi. O'zining imkoniyatlarini to'g'ri anglab etgan Uayt boksni...


Qiziqarli maqolaning to'liq qismini quyidagi sahifada o'qing > > > Qorovullikdan milliarderlikkacha yoxud 50 yoshni qarshilagan Dana Uayt haqida


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com