"Qo'qon-1912" Xitoy jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishi mumkin

Sherzod Nurmatov
6 fev 2023
Bugun Xitoyning Kuytun shahridan kelgan yirik sarmoyadorlar "Qo'qon-1912" ofisida bo'ldi.

"Jamoamizning katta tarixga ega bo'lganidan xabar topgan investorlar "Qo'qon-1912" futbol klubi tarixiga katta qiziqish bildirdi. Mehmonlarni jamoamiz rahbariyati iliq kutib oldi va ularga jamoamizning tarixi haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Investorlar va "Qo'qon-1912" jamoasi vice-prezidenti Akramjon Mamadaliev o'rtasida qizg'in suhbat bo'lib o'tdi.



Xitoylik mehmonlar "Qo'qon-1912" jamoasini Kuytun shahridagi mahalliy jamoa bilan o'rtoqlik uchrashuviga taklif qilishdi. Agar "Qo'qon-1912" jamoasi bu taklifga rozi bo'ladigan bo'lsa, kutib olish va mehmonxona xarajatlarni xitoyliklar o'z bo'ynilariga olishlarini ham takidlashdi. Bu taklifga javoban esa jamoamiz rahbariyati chempionat vaqtida bo'ladigan tanaffusda Xitoyga borib, o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishga rozilik berishdi. Bu masala bo'yicha keyinchalik yana bir bor suhbatlashishga kelishib olindi. Uchrashuv so'ngida investorlarga esdalik sovg'alari taqdim etildi.



Shuningdek, jamoamiz rahbari  Qo'qon shahri hokimi Marufjon Azamovich Usmonov qabulida bo'ldi. Qabul davomida hokimimiz jamoa a'zolarini "Fargona viloyati hokimi kubogi" turniridagi galaba bilan tabrikladi hamda jamoamizni har tomonlama qo'llab-quvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати