"Qo'qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuviga chiptalar sotilmoqda

Narzulla Saydullayev
14 mar 2021
Ertaga Qo'qondagi "Markaziy" stadionida Superliganing 2-turidan o'rin olgan bahs bo'lib o'tadi.

Soat 16:15da start oladigan "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvi uchun chiqarilgan chiptalar sotuvi boshlandi.

Chiptalar ikki xil toifada bo'lib 10 000 va 15 000 so'mdan, "Markaziy" stadion kassalarida sotilmoqda.

Barcha muxlislarni stadionga chorlaymiz!, - deb yozadi "Qo'qon-1912" matbuot xizmati.







Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz