"Qo'qon-1912" Mo'min Meliev bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2022
“Qo'qon-1912” jamoasining Toshkentdagi mashg'ulotlari davom etmoqda.

Jamoa rahbariyati futbolchilar bilan shartnomalarni rasmiylashtirishni boshlab yuborishdi. O'tgan mavsumni “shunqorlar” safida o'tkazib, o'z hisobiga 4ta gol yozdirib qo'yishga erishgan hujumchi Mo'minjon Meliev 2022 yilgi futbol mavsumini ham Qo'qonda o'tkazadigan bo'ldi.  “Qo'qon-1912” bilan kelishuvga erishgan hujumchining  shartnomasi  yana bir yil muddatga  uzaytirildi. 

Eslatib o'tamiz 1997 yilda tug'ilgan Mo'min Meliev o'tgan mavsum boshida Muborakning “Mashal” jamoasidan Qo'qonliklar safiga ko'chib o'tgan edi. 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia