Qonidan narkotik topilgan Peru sardori JCH-2018ga boradigan bo'ldi

Aslanov Jasurbek
31 may 2018
Peru terma jamoasi sardori Xose Paolo Gerrero JCH-2018da o'ynay oladi.

O'tgan yilning dekabr oyida 34 yoshli forvardning qonidan narkotik topilgani haqida xabar qilingan edi.

FIFA futbolchini 1 yilga diskvalifikaciya qildi, apellyaciyadan so'ng jazo muddati 6 oyga qisqardi. Biroq Butunjahon antidoping agentligi Sport arbitraj sudi bu qarorni 14 oyga cho'zdirishgan erishgan edi.

Shveytsariya federal sudi diskvalifikaciyani to'xtatishga qaror qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: SILA International Lawyers