Qobuljonov, Xosinov hamda Jasur Hasanov “Buxoro”da

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2020
Muhsin Muhammadiev boshqaruvidagi “Buxoro” jamoasi bugun Muborak shahrida “Mashal” jamoasiga qarshi sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Tarkibga e'tibor qaratadigan bo'lsak, bir qator yangi futbolchilarni ko'rish mumkin.

Xususan o'tgan mavsum “Surxon”da o'ynagan darvozabon Sardor Qobuljonov bilan Azamat Allaniyazov ayni damda buxoroliklarning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Muxlislarga yaxshi ma'lumki, Qobuljonov yaqin-yaqingacha “Andijon” safida shug'ullanayotgandi. Biroq u keyinchalik qarorini o'zgartirib, sobiq jamoasiga qaytdi.

Bundan tashqari 2019 yilgi mavsumni “Andijon”da o'tkazgan himoyachi Abror Xosinov hamda “Qo'qon-1912” bilan xayrlashgan o'ng qanot yarim himoyachisi Jasur Hasanov bugungi kunda “Buxoro” o'quv-yig'inida ishtirok etayotganini ko'rish mumkin.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia