"Qizilqum"ning gruziyalik legioneri Toshkent klubiga o'tdi

Alisher
15 dek 2024
O'tgan mavsumni Navoiyning "Qizilqum" jamoasida o'tkazgan Akaki Shulaya faoliyatini Toshkentning "Lokomotiv" klubida davom ettiradi.

"Gruziyalik futbolchi yangi mavsumda "temiryo'lchilar" sharafini himoya qiladi. Shu o'rinda Akaki Shulayaga "Lokomotiv" oilasiga xush kelibsan deb qolamiz", - deyiladi klub xabarida.

Shulaya o'tgan mavsum "Qizilqum" safida 24ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.



AlisherMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати