"Qizilqum"ning 7 nafar futbolchisi koronavirusga test topshirmaganmi?

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2020, 10:45
Xabaringiz bor, ayni paytda O'zbekiston chempionati klublari majburiy tanaffusga chiqishgan.

3 avgust kuni Coca Cola Superligasi davom ettirilishi haqida xabar berildi. Unga qadar barcha klublar koronavirus uchun test topshirishlari va bu borada PFLga hisobot topshirishlari nazarda tutilgandi.

Bir qator klublarimiz koronavirus uchun test topshirishdi va PFL rasmiy saytida bu borada xabarlar chiqdi. Biroq "Qizilqum" klubi taqdim etgan ro'yxat e'tiborimizni tortdi.

Ushbu ro'yxatda 7 nafar asosiy tarkib futbolchisi o'rin olmagan. Bular:

Abdi Bashimov
Muhsin Ubaydullaev
Salim Mustafoev
Vezirgeldi Ilyasov
Doniyor Usmonov
Vohid Shodiev
Sunnatilla Abdullajonov.

Xo'sh, ular test topshirishmaganmi yoki test topshirishganu shunchaki ro'yxatdan tushib qolishganmi? Bu borada "Qizilqum" klubi va PFLdan rasmiy xabar kutib qolamiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia