"Qizilqum" yangi bosh murabbiy qo'l ostida 2023 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
16 dek 2022
Superliga klublari birin-ketin yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlashmoqda.

Navoiyning "Qizilqum" klubi kecha o'z qarorgohida mavsumoldi yig'inni boshladi.

Mashg'ulotni G'uzorning "Sho'rtan" klubi bosh murabbiyi bo'lib ishlab kelgan Asror Aliqulov olib bordi.

"Qizilqum" safida Temurxo'ja Abduxoliqov, Boburbek Yo'ldoshev, Sherali Jo'raev, Fayzullo Qambarov, Dilshod Jo'raev, Alisher Sanoev, Azizbek Usmonov kabi futbolchilar mashg'ulotda ishlashmoqda.
 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia