“Qizilqum” xabarlari: Asosiy tarkib futbolchisi bilan shartnoma uzaytirildi. Jamoa Nikabadzega qiziqmagan

Khoja
10 yanv 2024
“Qizilqum” rasman jamoaning asosiy himoyachilaridan biri Samandar Shukrullaev bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi.

Kelishuv 1 yilga mo'ljallangan. Himoyachi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 20 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 

Shuningdek, klub matbuot xizmati rahbari Aziz Nuriy navoiyliklar “Neftchi” sobiq futbolchisi Giorgi Nikabadze bilan aloqaga chiqmaganini va gruziyalik bilan muzokara olib bormaganini ma'lum qildi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia