"Qizilqum" va "Lokomotiv" sobiq hujumchisi Moskva klubiga o'tdi

Alisher
30 iyul 2021, 14:11
Milliy futbol ligasi (MFL) ishtirokchisi Moskvaning "Veles" klubi tarkibini nikaragualik hujumchi Ariagner Smit bilan to'ldirdi.

22 yoshli o'yinchi rus jamoasida ijara asosida o'ynaydi, bitim joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Smitning transfer huquqi Yurmalaning "Spartak" klubiga tegishli. Hujumchi bunga qadar O'zbekistonning "Qizilqum" va "Lokomotiv" klublari sharafini ham himoya qilgan.

Eslatib o'tamiz, yaqinda Bekobodning "Metallurg" klubini tark etgan himoyachi Evgeniy Makeev ham "Veles"ga o'tgandi.


AlisherMuallif
Manba: fc-veles.ru