"Qizilqum" Toshkentdagi so'nggi nazorat o'yinida "Lokomotiv"ga engildi. Mashg'ulotlar Antaliyada davom ettiriladi

Iskandarov Abdulaziz
28 yanv 2024
Navoiylar uchun Toshkent yig'ini yakuniga etdi.

"Qizilqum" jamoasi bugun poytaxtdagi yig'in doirasidan o'rin olgan so'nggi nazorat uchrashuvida "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushdi. Murosasiz o'tgan o'yinda "temiryo'lchilar" 1:0 hisobida g'alaba qozondi. "Qizilqum" 31 yanvar kuni Antaliyaga yo'l oladi va tayyorgarlikni davom ettiradi. "Lokomotiv" esa 7 fevral kuni Turkiyaga jo'nab ketadi. 

Nazorat uchrashuvi. 

"Lokomotiv" - "Qizilqum" 1:0

Gol: Damir Krayishnik 45+2 

"Lokomotiv": Abdumavlon Abdujalilov, Abdulloh Yo'ldoshev, Ivan Rogach, Dilshod Komilov, Damyan Krayishnik, Izzatilla Abdullaev, Lazizbek Mirzaev, Sherzod Komilov, Muhammadanas Hasanov, Diyor Mamataliev, Ivan Bulatovich.

Zaxira: Suhrob Sultonov, Anzur Ismoilov, Abdulazizxon Abdurashidov, Artyom Miftiev, Sanjar Tursunov, Sardor Abdunabiev, Jasur Hakimov

"Qizilqum": Robert Ozols, Ilhomjon Vahobov, Azizbek Usmonov, Nikolay Tarasov, Samandar Shukrullaev, Davron Anvarov, Akaki Shulaya, Shahboz Jo'rabekov, Giorgi Kuxianidze, Fayzullo Jumanqo'ziev, Malikshoh Rasulov

Zaxira: Humoyunshoh Sayyotov, Salohiddin Tursunov, Diyor Rahmatilloev, Jamoliddin Ubaydullaev, Murodali Usmonov, Asadbek Asadov, Ismoil Abdurahmonov, Jafar Karimov



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia