"Qizilqum" sobiq futbolchisiga "yaxshigina pul" to'lab berishi kerak

Aslanov Jasurbek
22 apr 2024
Toshkentda o'z ofisini ochayotgan "Sila" yuridik kompaniyasi "Instagram"dagi sahifasi orqali "Qizilqum" hamda jamoa sobiq futbolchisi Marko Simonovski o'rtasida ochilgan ish haqida ma'lum qildi.

FIFAning nizolarni hal qilish palatasi Simonovskining tovon pulini to'lash hamda berilmagan mukofot pullarini undirish talabini qanoatlantirdi.

"Qizilqum" Simonovskiga to'laydigan pul miqdori ma'lum emas, ammo "Championat.asia" ma'lumotiga ko'ra, gap "yaxshigina mablag'" haqida ketmoqda, chunki Markoning navoiyliklar bilan shartnomasi 2024 yilning oxirigacha tuzilgan edi. "Qizilqum" Simonovskiga beradigan pullarini 23 maygacha to'lashi (qarordan so'ng 45 kun ichida) kerak.

Marko Simonovski o'tgan yilning yozida "Qizilqum"ga o'tgan edi. 32 yoshli shimoliy makedoniyalik forvard bu vaqt ichida 8ta uchrashuvda ishtirok etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia