"Qizilqum" jamoasi bosh murabbiyi Hamid Aktamovni tabriklaymiz

Aslanov Jasurbek
10 okt 2020, 14:47
Bugun "Qizilqum" jamoasi bosh murabbiyi Hamid Aktamov tavallud kunini nishonlamoqda.

Yoshligidan millionlar o'yiniga borini bergan murabbiy mana necha yildirki "Qizilqum" jamoasini boshqarib kelmoqda. Ushbu mutaxassis davrida jamoa Superligada muntazam ravishda barqaror ishtirok etib kelayotgani e'tiborga molikdir. 

Saytimiz xodimlari nomidan Hamid G'ulomovichni bugungi tavallud kuni bilan samimiy tabriklaymiz. Sog'lik va salomatlik, omad, zafarlar tilab qolamiz!

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia