

Fursatdan foydalanib jamoamizning barcha a'zolari hamda ko'psonli muxlislari nomidan Hamidjon G'ulomovichni tavallud ayyomlari bilan chin yurakdan tabriklaymiz. U kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va oilaviy baxt tilaymiz. Kelgusida nafaqat Navoiy, balki butun o'zbek futboli taraqqiyotiga qo'shayotgan hissalari bundan-da salmoqli bo'lishiga tilakdoshmiz.
Ishonamizki, Sizning rahbarligingizda “Qizilqum” jamoasi kelajakda albatta yuksak marralarni zabt etib, o'z muxlislarini quvontiradi.
“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.



