

Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, navoiyliklar "Nasaf" sardori Artur Gevorkyan, "ajdarlar" yetakchisi Erkin Boydullaev, himoyachi Hamza Karimov va mavsumning ikkinchi qismini "Dinamo"da o'tkazgan Ilhom Yunusov kabi futbolchilarning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqdalar.
Shuningdek, "Qizilqum" klubi yana bir qator kuchli futbolchilar bilan muzokara olib bormoqda.
Eslatib o'tamiz, sanab o'tilgan futbolchilarning o'z klublari bilan tuzgan shartnomalari yil yakuniga qadar mo'ljallangan.




