"Qizilqum" Argentina, Nigeriya, Estoniya va serbiyalik legionerlar bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
25 fev 2022
Navoiyning "Qizilqum" klubi 2022 yilgi Superligaga tayyorgarlikni yakunlamoqda.

Jamoa to'rt nafar legioner futbolchini PFL ro'yxatidan o'tkazdi. Bular estoniyalik himoyachi Artyom Dmitriev, serbiyalik yarim himoyachi Aleksandar Stanislavlevich, hujumchilar argentinalik Gonsalo Gabriel va nigeriyalik Komolafe Pol-Seun.

"Qizilqum"ning yangi legionerlari:
Himoyachi

Artyom Dmitriev (Estoniya) - 14.11.1988

Yarim himoyachi
Aleksandar Stanislavlevich (Serbiya) - 11.09.1989

Hujumchi
Gonsalo Ritakko Gabriel (Argentina) - 21.05.1993
Komolafe Pol-Seun (Nigeriya) - 12.06.2000





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia