"Qizilqum" 5 yildan buyon Namanganda gol ura olmayapti

Khoja
27 sen 2025
Navoiy jamoasi uchun Namangandagi o'yinlar oson o'tayotgani yo'q.

"Qizilqum" bu turda safarda "Navbahor" bilan kuch sinashadi. "Oltin izlovchilar" so'nggi marotaba raqibining maydonidan 2019 yilgi mavsumda g'alaba bilan qaytgan edi (1:0). Keyingi 5 ta qarama-qarshilikda jamoa Namanganda gol ura olgani yo'q va ortga 3 ochkosiz qaytmoqda. 

2024. "Navbahor" - "Qizilqum" 0:0

2023. "Navbahor" - "Qizilqum"  3:0

2022. "Navbahor" - "Qizilqum"  1:0

2021. "Navbahor" - "Qizilqum" 0:0

2020. "Navbahor" - "Qizilqum" 1:0

2019. "Navbahor" - "Qizilqum" 0:1

Ma'lumot uchun, uchrashuv bugun 18:00da start oladi


KhojaMuallif
Manba: championat.asia