Qirol Kubogi. Ronaldu gol urgan bahsda "Al Nassr" g'alaba qozonib, yarim finalga chiqdi

Aslanov Jasurbek
12 dek 2023
Saudiya Arabistoni Qirol Kubogi chorak finalida "Al Shabab" "Al Nassr"ni qabul qildi.

Qirol Kubogi, chorak final

"Al Shabab" - "Al Nassr" 2:5

Gollar: Karlos Junior 24, Bahbri 90 - Fofana 17, Mane 28, G'arib 45, Ronaldu 74, Maran 90.

"Al Nassr": Aqidi, G'annam, Lajami, Lyaport, Yahyo (Qosim 82), Brozovich (Al Sulyahim 84), Fofana, Mane, Otavio (Al Haybari 79), G'arib (G'annam 79), Ronaldu (Maran 82).


Qirol Kubogi yarim finaliga "Al Nassr" bilan birga, "Al Halij" va "Al Hilol" klublari chiqishgan. So'nggi yarim finalchi nomi "Al Faysali" hamda "Al Ittihod" o'rtasidagi bahsdan so'ng ma'lum bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia