Qayg'uli GALEREYA. Aviahalokatga uchragan "Shapekoense"ga bag'ishlangan karikatura va posterlar

Tolibjon Qosimov
29 noya 2017
Bundan bir yil oldin, 2016 yilning 28 noyabr sanasida Braziliyaning "Shapekoense" klubi aviahalokatga uchragan edi.

O'shanda jamoa Janubiy Amerika kubogi finalida "Atletiko Nasonal"ga qarshi maydonga tushish uchun uchib ketayotgan bo'lgan. Ammo, bortida Braziliya klubi o'yinchilari bor bo'lgan samolyot Kolumbiya hududida qulab tushgan. O'sha fojeadan so'ng jamoaning uch nafar futbolchisi tirik qolgan - himoyachi Rushel va Netu, shuningdek darvozabon Jakson Folman.

Quyida daxshatli aviahalokatga uchragan "Shapekoense"ga bag'ishlangan karikatura va posterlarni e'tiboringizga havola etamiz.


P.S. Ushbu suratlarni taqdim etish oson bo'lmadi. Chunki, siz ularni tomosha qila turib ichingizdan bir nima uzilib ketgandek bo'lgani kabi, bizdan ham huddi o'shanday tuyg'ular o'tdi. Lekin, uni sizlarning e'tiboringizga havola etishga qaror qildik. Zero, inson qadri va hayoti har qanday g'alaba yoki mag'lubiyatdan muhim.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia