Qatar Airways “Roma” jamoasining titul homiysiga aylandi+FOTO

“Barselona”ni mag'lub etib YCHL yarim finaliga chiqqan Rimning “Roma” klubi yangi tilul homiyga ega bo'ldi.

Aniqrog'i, dunyoga mashhur Qatar Airways aviakompaniyasi “Roma” jamoasining titul homiysiga aylandi. Ikki tomon o'rtasidagi shartnoma 3 yil muddatga imzolandi. 

Mavsum-2020/2021 oxiriga qadar rimliklar o'z liboslarida ushbu kompaniyani reklama qilishadi. Shartnomaning moliyaviy masalalari bo'yicha hech qanday ma'lumot berilmagan. “Roma” yangi titul homiysini ertaga “Liverpul” klubiga qarshi kechadigan YCHL yarim final ilk uchrashuvidayoq reklama qilishni boshlaydi. 


Manba: