Shavkat Mirziyoev: "Otabek Shukurov va Azizjon G'aniev bugungi kunda O'zbekistonimiz nufuzini butun dunyoga tarqatmoqda"

Narzulla Saydullayev
11 okt 2021
Ayni paytda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev Qashqadaryo viloyatida bo'lib turibdi.

- Viloyatda Oliy ligada ishtirok etadigan “Nasaf”, “Sho'rtan”, “Mashal” hamda Osiyo va Yevropada tanish bo'lgan ayollarning “Sevinch” professional futbol klublari faoliyat yuritmoqda. 

Ushbu klublar tarbiyalanuvchilari Otabek Shukurov va Azizjon G'anievlar bugungi kunda O'zbekistonimiz nufuzini butun dunyoga tarqatmoqda", - dedi Shavkat Mirziyoev. 

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev Shahrisabz shahrida bolalar va o'smirlar futbol mahorati maktabi, Qarshi shahridagi bolalar va o'smirlar futbol mahorati maktabi uchun zamonaviy sport bazasi barpo etilishini ma'lum qildi.


Aziza Qurbonova


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: t.me/qurbonova_a