Qashqadaryo banklar ligasi: Trastbank uch karra chempion

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2017
Qashqadaryo viloyatida bank xodimlari o'rtasida viloyat chempionatining bu yilgi mavsumi o'z poyoniga etdi.

Kecha banklar ligasining bu yilgi mavsumi final uchrashuvi “Trastbank” va ”Markaziy bank” jamoalar o'rtasida bo'lib o'tdi.

Mazkur bahs qizg'in va keskin kurashlarga boy bo'ldi.  Amaldagi chempion “Trastbank” jamoasi azaliy raqibi “Markaziy bank” jamoasini yirik 7:3 hisobida ustunlik  qilishdi.

“Trastchilar” uchinchi bor, viloyat bank xodimlari o'rtasidagi viloyati chemionatida ketma-ket chempionlik kubogini o'zlarida saqlab qolishdi.
Jamoa to'purari Sherzod Ulug'murodov bu yilgi mavsumda  raqiblar darvozasiga jami 38 ta to'p kiritib “mavsum  to'purari”  kominaciyasiga etirof etildi.

1-o'rin Trastbank
2-o'rin Markaziy bank
3-o'rin Mikrokredit bank

Faxriddin Choriev.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia