Qarzdor klublar transfer oynasida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi

Tolibjon Qosimov
19 iyun 2018
O'zbekiston professional futbol ligasi elkasida qarzi bor bo'lgan klublarga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish imkoniyatini bermaydi.

Kecha - 18 iyun kuni yozgi transfer oynasi rasman ochilgan. Bu vaqtga kelib bir qator klublarda katta o'zgarishlar bo'ladi. Yani, ayrim futbolchi va murabbiylarga javob berib yuboriladi. Shundan kelib chiqib, o'z jamoasini tark etayotgan, ammo klubda puli qolib ketayotgan futbolchilar kech bo'lmasidan PFLga murojaat qilishi mumkin.

O'z navbatida PFL ham klub bilan xayrlashayotgan futbolchilar haqidagi hisobotni klublardan talab qilib oladi. Yani, qarzdorligi bor klubga transfer oynasidagi o'zgarishlar uchun ruxsat etilmaydi. Shundan kelib chiqib, yangi futbolchilar masalasida PFLga kelishdan oldin, avval eskilar bilan hisob-kitob qilingani borasidagi hujjatlar taqdim etilishi shart. Klublar rahbariyati bu jihatni inobatga olishini so'raymiz.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com