Qarshida plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
27 avg 2018
Iyul oyida Qarshi shahrida plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston Kubogi musobaqasi bo'lib o'tganidan xabaringiz bor.

Qarshidagi “Geolog” sport majmuasi hududida joylashgan futbolning bu buri bo'yicha rasmiy va xalqaro turnirlar o'tkazish talabiga javob bera oladigan Respublikada yagona hisoblangan plyaj maydonida endilikda plyaj futboli bo'yicha mamlakat chempionati ham bo'lib o'tadi.

Professional futbol ligasi 5 yildan buyon plyaj futboli bo'yicha o'tkazilmasdan kelayotgan O'zbekiston chempionati bahslarini joriy yildan boshlab har mavsum o'tkazishni yo'lga qo'yadi. Shu maqsadda 3-8 sentyabr kunlari Qarshi shahrida plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston oltinchi milliy chempionati uchrashuvlari bo'lib o'tadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz