Qamoqdagi Dani Alves qochishni reja qilgan ekan

Aslanov Jasurbek
17 fev 2024, 14:45
Qamoqda jazo o'tayotgan Dani Alves Braziliyaga qochib kyetishni reja qilgani ma'lum bo'ldi.

Dani Alves 2023 yilning yanvaridan beri 2022 yilining dekabrida Barselonada ayolni zo'rlagani uchun qamoqda saqlanmoqda. 14 noyabr kuni sud tekshiruv ishlarini yakunlaganini e'lon qildi. Prokuratura futbolchi uchun 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini talab qilmoqda. Zo'rlash uchun maksimal muddat 12 yillik qamoq hisoblanadi.

Bu voqea bo'yicha sud ishi 5-7 fevral kunlari bo'lib o'tdi. Sud prokuror talabi bo'yicha yakuniy qaror chiqqanuicha Alvesni qamoqda qoldirdi.

Fiesta kanali efirida "Barselona" sobiq futbolchisi vaqtinchalik ozodlikka chiqqanida Braziliyaga qochib kyetishni rejalashtirgani haqida ma'lumot berildi. Janubiy Amerika mamlakatida Ispaniya bilan ekstradiciya bo'yicha kelishuv yo'q.

Teleboshlovchining so'zlariga ko'ra, Alves kameradoshlari bilan bir necha marta o'z rejalari haqida suhbatlashgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca