Qallob sababli Verrattining Saudiya Arabistoniga transferi amalga oshmay qolgan

Mirjalol Normatov
1 sen 2023
Qallob inson sababli PSJ futbolchisi Marko Verrattining Saudiya Arabistoni klubiga o'ta olmadi.

30 yoshli xavbekka "Al Ahli" va "Al Hilol" tomonidan qiziqishlar bo'lgan. Ammo "L’Équipe" nashri ma'lumotiga ko'ra, Saudiya klublari bilan muzokaralarda boshqa begona inson va o'zini futbolchining agenti deb tanishtirganlar qatnashgan.  Bu esa muzokaralarni cho'zib yuborgan.

Bu holatdan esa Qatarning "Al Arabi" klubi unumli foydalangan va Verratti bilan 45 mln evro evaziga shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Eslatib o'tamiz, italiyalik futbolchi 11 yil davomida parijliklar tarkibida harakat qilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal