Pyanich va Todibo "Barselona" mashg'ulotlariga qaytdi

Mirjalol Normatov
12 sen 2020
"Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanich hamda himoyachi Jan-Kler Todibo mashg'ulotlarga qaytdi.

Ikki futbolchi ham koronavirus bilan kasallangandi. Bugun esa ular klub tibbiyot bo'limi ruxsati orqali jamoa mashg'ulotlariga qaytdi.

Pyanich iyun oyida "Barselona"ga o'tgandi. O'shanda kataloniyaliklar xavbekni Artur bilan almashgandi.

20 yoshli Todibo esa o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Shalke"da ijara asosida o'tkazgandi. Futbolchi ushbu transferlar oynasi vaqtida jamoani tark etishi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FCB