

So'nggi uch yildan beri Surxondaryo viloyatida ikkinchi liga musobaqalari o'tkazilmayotganligi bois bu safargi "pulka"da hech bo'lmasa kubok sohiblari qatnashadigan bo'ldilar. Qisqa vaqt ichida o'tkazilgan kubokda Jarqo'rg'on tumanining "Jarqo'rg'on-Neftchi" jamoasi finalda "Qumqo'rg'on" jamoasini penaltilar seriyasida 5:3 hisobida mag'lubiyatga uchratib, kubok va "pulka" yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.
Odil Yusupov boshchiligidagi jamoa sharafini quyidagi futbolchilar himoya qildilar:
Viktor Mochalov, Azizbek Choriev, Bobur Choriev, Sanjar Shomurodov, Jamshid Bakirov, Asqar Ismoilov, Mirjalol Choriev, Ulug'bek Annamatov, Akmal Hasanov, Rustam Choriev, Abdumajid Chutboev.



