Pulishich: "Buvim aytgani sababli soqolimni oldirib tashladim"

Mirjalol Normatov
3 yanv 2020, 16:55
"Chelsi" yarim himoyachisi Kristian Pulishich muxlislarning savollariga javob berdi.

- Soqolingizni nima uchun oldirib tashladingiz?

- Yaxshi savol. To'g'risini aytsam, bu o'zimga ham yoqardi. Biroq buvim bilan gaplashib o'tirganimda ular menga: "Soqolingni oldirib tashlashing kerak. Usiz juda chiroyli yigit bo'lasan", dedi. Men esa buni bajardim, - dedi Pulishich.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal