PSJ Tchuamenini "Real"dan "ilib ketmoqchi"

Оқил Абдубарноев
9 may 2022
"Real"ning transfer maqsadi bo'lgan "Monako" yarim himoyachisi Orelen Tchuameni PSJga o'tishi mumkin.

Oldinroq Madrid klubi 22 yoshli futbolchini ushbu transfer oynasida qo'lga kiritmasligi va uning transferini keyingi yilga qoldirishi mumkinligi ma'lum qilingandi. Bundan Tchuameni bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor bo'lgan PSJ foydalanishi mumkin.

Joriy mavsumda Tchuameni “Monako” safida 47 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.

Avvalroq futbolchiga Angliya jamoalari ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. “Liverpul” va “Chelsi” ham fransiyalik futbolchini o'z tarkibida ko'rishni istamoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca