PSJ prezidenti: "Prokuraturaning barcha savollariga javob berdim, yashiradigan narsa yo'q"

Aslanov Jasurbek
26 okt 2017
PSJ Nosir Al-Helayfi Shveytsariyada JCH-2018, JCH-2022, JCH-2026 va JCH-2030 o'yinlarini ko'rsatish huquqini xarid qilishda korrupsiya ishi bo'yicha so'roq qilingani haqida aytib berdi.

"Men Shveytsariyaga tushuntirish berish uchun keldim. Prokuror savollariga javob berdim, hech narsani yashirmayman. Agar ular meni yana ko'rishmoqchi bo'lsa bunga tayyorman. Xotirjam keldim va xotirjam ketyapman" - deydi Al-Helayfi.

Eslatib o'tamiz, Nosir Al-Helayfi bosh direktori hisoblangan BeIN Media Group FIFA sobiq bosh kotibi Jerom Valke ishtirokida jahon chempionati o'yinlarini ko'rsatish huquqini sotib olgan. Oldinroq, Al-Helayfi pora sifatida Valkega 7 mln. evro bergani e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe