PSJ o'yinchilari Germaniyada liftda qulflanib qolishdi. Qutqaruvchilar esa ularni bir soatdan oshiq vaqtdan so'ng qutqarishdi

Alisher
4 noya 2020
PSJ futbolchilari "RB Leyptsig"ga qarshi o'yin oldidan noqulay vaziyatga tushib qolishdi.

Parijliklar himoyachisi Leven Kurzava ijtimoiy tarmoqda ma'lum qildiki, ular Germaniyada, aniqrog'i Leyptsigdagi liftda nosozlik sabab qolib ketishgan.

"Pari Sen-Jermen" o'yinchilari u erda 1 soatdan oshiqroq vaqt davomida bo'lishdi. Keyinchalik ularga mahalliy qutqaruvchilar yordamga keldi.

Shunisi ma'lumki, PSJ xavbeki Marko Verratti liftdan qo'rqadi. Ammo, u ham liftda qolib ketganlar orasida bor edi.

[instagram]

 [/instagram]


AlisherMuallif
Manba: culturepsg.com

O'xshash yangiliklar