

Fransiyaning PSJ klubi "Napoli" futbolchilariga bo'lgan qiziqishni yo'qotmagan. "Il Corriere dello Sport" nashrining xabariga ko'ra, gap ham Viktor Osimxen, ham Xvicha Kvaratsxeliya haqida ketmoqda. Ikkala futbolchi uchun parijliklar 200 million evro sarflashga tayyor, lekin neapolliklar muzokaralarga kirishishni rad etmoqda.
"Napoli" faqatgina Osimxenni o'zi uchun 130 mln evro so'rashmoqda, uning shartnomasida tovon puli sifatida aynan shuncha summa ko'rsatilgan. Kvaratsxeliya esa ular umuman sotishmoqchi emas. Chunki, jamoaning yangi bosh murabbiyi Antonio Konte Xvicha o'z rejalariga kiritgan. Tomonlarni uzoq muzokaralar kutmoqda.




