PSJ MYU qiziqayotgan hujumchi uchun 60+ mln. evro to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2023
PSJ "Atalanta" hujumchisi Rasmus Xoylund uchun kurashga qo'shildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, parijliklar futbolchining transferi borasida ishlarni boshlab yuborishgan. Parij klubi menjeri Luish Kampush so'nggi haftada futbolchining yaqinlari bilan bog'lanishga ulgurgan.

Fransiya chempionlari "Atalanta" talablarini (60 mln. evrodan ko'proq mablag') qondirish tayyor, biroq ungacha bir necha nafar futbolchilarni sotishni reja qilishmoqda. Xoylund uchun davogarlik qilayotgan "Manchester Yunayted" Italiya klubi so'rayotgan pulni to'lamasligi mumkin.

Daniyalik so'nggi mavsum A Seriyaning 32ta uchrashuvida 9ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Get French Football News