PSJ muxlislari Neymarga: “Yo'qol, bu yerdan!”

Parij klubi muxlislari Liga 1 doirasida 1-turning “Nim”ga qarshi uchrashuvda banner ko'tarishdi.

PSJ-“Nim” uchrashuvi vaqtida parijliklarning muxlislari fan-zonadan Neymarga qarshi banner ko'tardi: “Neymar, yo'qol bu yerdan!”.

Muxlislar Neymarning PSJda o'ynashni xohlamayotganidan norozi bo'lgan va ular ham fubolchini endi jamoada ko'rishni istamayapti. Qayd etish joiz, PSJ hozirgacha Neymar borasida birortga rasmiy taklif olmadi.


Manba: Football24