PSJ Messi bilan shartnoma imzolangandan so'ng stadiondagi o'rindiqlarni ko'paytirmoqchi

Aslanov Jasurbek
11 avg 2021
Lionel Messi chorshanba kungi matbuot anjumanida PSJ futbolchisi sifatida tanishtirildi. Klub prezidenti Nosir Al Xelayfi klubning Park de Prens uy stadionini kengaytirish niyatida ekanligini ma'lum qildi.

"Park de Prens" juda kichkina", deya noligan Al Xelayfi. "Biz bu holatni Parij meri bilan muhokama qilishimiz kerak. Menga stadion yoqadi, lekin uni kattalashtirish kerak. Bu kelajak uchun muhim. Har bir yirik klubda 80 ming tomoshabinga mo'ljallangan stadion bor. Park de Prensni kengaytirish bizning burchimizdir".

Bugungi kunda ushbu maydon 48 mingga yaqin muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Parisien