PSJ Mbappening o'rnini Bundesligadagi forvard bilan to'ldirishi mumkin

Alisher
16 may 2022
"Shtutgart"ning avstriyalik hujumchisi Sasha Kalayjich transfer bozorida katta talabga ega bo'lmoqda.

24 yoshli markaziy hujumchiga PSJ, "Bavariya", "Nyukasl" va "Benfika" qiziqish bildirmoqda. Kalayjichning o'zi klubini o'zgartirishga tayyor va rasmiy takliflarni kutmoqda.

Avstriyalikning klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan. Uning transfer narxi 22 million evroga baholanmoqda.

U yakunlangan mavsum Bundesliga doirasida 6ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Kicker