PSJ "Leyptsig" bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
24 iyul 2022
Himoyachi Nordi Mukiele "Leyptsig"ni tark etishi kutilmoqda.

"Foot Mercato" xabariga ko'ra, nemis klubi PSJ bilan futbolchining transferi borasida kelishib olgan. Futbolchining o'zi ham Parij jamoasiga o'tishga qarshi emas.

Mukiele o'tgan mavsum Bundesliganing 28 o'yinida qatnashib, 3 golli pas amalga oshirdi. Uning transfer narxi taxminan 20 million evroga baholanmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Foot Mercato