PSJ klubi "Monako" bilan o'yinga o'ziga xos chempionlik yo'lakchasi orqali chiqib keldi. Ikkala jamoa maxsus liboslarda o'ynamoqda

Eldor Akmurzayev
22 apr 2019
Fransiya chempionligini muddatidan oldin qo'lga kiritgan PSJ futbolchilari chempionatning 33-tur Monakoga qarshi o'yin oldidan o'ziga xos yo'lakcha orqali maydonga chiqib keldi.

Maxsus chempionlik yo'lakchasi parijliklarning yosh muxlislari tomonidan tuzilgan edi. 

Ikkala jamoa ham Notr-Dam cherkovi rasmi tushirilgan liboslarda harakat qilmoqda. Bir necha kun oldin ushbu inshootda yong'in yuz berishi oqibatida, cherkovning ko'p qismiga zarar etgandi. 

Eslatib o'tamiz, PSJ o'z tarixida 8 marotaba mamlakat chempionatida g'olib bo'ldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/PSG_inside