PSJ keyingi haftada transfer amalga oshiradi

Mirjalol Normatov
21 iyul 2019
"Everton" yarim himoyachisi Idrissa Guye yaqin vaqtlarda PSJ futbolchisiga aylanadi.

"L’Equipe" xabariga ko'ra, tomonlar kelishuvga erishgan. PSJ sport direktori Leonardo transferni ertaga yakunlashi kutilmoqda. PSJ 29 yoshli Guye uchun 30 million evro to'laydi.

Guye qishdayoq parijliklar a'zosiga aylanishi mumkin edi. Ammo o'shanda tomonlar kelishuvga erisha olishmagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe