PSJ Dortmundning "Borussiya" klubi o'yinchisi bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
24 avg 2019
Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Rafael Gerreyru faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin.

Parijliklar sport direktori Leonardu va portugaliyalik o'yinchining vakillari bugun muzokaralar o'tkazishadi.

O'yinchining o'zi esa Fransiyaga qaytishga qarshi emas, Gerreyru bundan oldin "Loryan" safida o'ynagan.

Himoyachi 2016 yildan buyon Dortmundning "Borussiya" klubi, 2014 yildan esa Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Futbolchi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 7ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Paris United