

"Yangi bitim imzolanganidan mamnunman. U klubga sodiqligini ko'rsatishda davom etmoqda. Marko hozirda italyandan ko'ra ko'proq parijlik. Barchamiz birgalikda ishlashda davom etayotganimizdan mamnunmiz. Verratti - bir necha yillardan buyon o'z poziciyasida eng yaxshi o'yinchilaridandir", - deydi murabbiy.
30 yoshli Verratti klub bilan bitimni 2026 yilning yoziga qadar uzaytirdi. Oldingi shartnoma 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangandi.
Verratti PSJga 2012 yilda "Peskara"dan o'tgan. U Parijdagi 10 mavsumda 398ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 48ta assist qayd etdi.



