

“Park de Prens”da kechgan bellashuvning 19-daqiqasidayoq mehmonlar posboni Yonas Omlin Mbappega nisbatan qo'pollik ishlatdi va qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Bellashuvning 34-daqiqasida Mbappe jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 60-daqiqada parijliklar safida 100-uchrashuvni o'tkazayotgan Neymar oradagi farqni oshirdi. Oradan bir daqiqa o'tib Ikardi hisobni yiriklashtirdi. 63-daqiqada raqib darvozasigi ikkinchi golini urgan Mbappe o'yinda yakuniy hisobni o'rnatdi -4:0.
Shu tariqa PSJ mamlakat chempionati 21-turidan keyin turnir jadvalida 45 ochko bilan birinchi pog'onada bormoqda. “Monpele” esa (28 ochko) 11-pog'onani band etgan.


