PSJ bilan o'yinda assist qayd etgan futbolchiga yangi shartnoma taklif qilinadi

Sherzod Nurmatov
4 apr 2023
Fransiyaning "Lion" klubi yosh futbolchi Sael Kenbedini yangi bitim bilan siylaydi.

Yakshanba oqshomida "Pari Sen-Jermen"ga qarshi o'yinda kiritilgan yagona to'pga hammualliflik qilgan 18 yoshli futbolchi yangi shartnoma taklifi bilan taqdirlanadi.

Himoya chizig'i vakili Liga 1ning ko'pgina uchrashuvlarida asosiy tarkibda maydonga tushishga loyiqligini isbotladi va rahbarlarni mamnun qiladigan o'yin namoyish etdi.

Yozda Malo Gyusto "Chelsi"ga yo'l olishini inobatga oladigan bo'lsak, "Lion" allaqachon uning o'rnini bosish uchun Fransiya yoshlar terma jamoasi vakilini topib qo'ygan ko'rinadi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Footmercato