PRO-liga va O'zbekiston kubogiga qayta qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi

Bugun yangi formatdagi O'zbekiston kubogi va PRO-ligasiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

YANGILASH


Qur'a tashlash marosimi soat 11:00da boshlanadi. 


Qur'adan oldin klublarning qarzlari haqida ma'lumot berildi.

"Xorazm" 7,5 million jarima va 10 million badal puli to'lanmagan. "Zomin" 14,5 million jarima 1,1 million badal puli to'lanmagan. "Xotira-79" 3,2 million jarima va 800 ming so'm badal puli to'lanmagan. Bu o'tgan yilgi qarzdorliklar.

Bu yilgi badal pullari borasida gap ketsa faqat "Andijon" klubi to'liq xattoki 10 million so'm ortig'i bilan o'tkazib bergan. Qolgan hech bir klub badal pulini to'liq to'lamagan. Yarmidan ko'p klublar umuman pul to'lashmagan. 

Qur'a tashlash marosimi vaqtida "Sho'rtan" va "Bunyodkor" klublariga FIFAdan xat kelgani ma'lum qilindi. 


2018 yilgi PRO-liga ikki mintaqaga bo'lingan holda o'tkaziladi. 


PRO A. 1-TUR (6 aprel)
“Sho'rtan” (Qashqadaryo) - “Xorazm” (Xorazm)
“Orol” (Qoraqalpog'iston) - “Istiqlol” (Farg'ona)
“Andijon” (Andijon) - “Mashal” (Qashqadaryo)
“Norin” (Namangan) - “Dinamo” (Samarqand)
“Surxon” (Surxondaryo) dam oladi


PRO B. 1-TUR (6 aprel)
“Nurafshon” (Toshkent viloyati) - “Iftixor” (Yoshlar ittifoqi jamoasi)
“Yozyovon” (Farg'ona) - “Xotira-79” (Namangan)
“Zomin” (Jizzax) - “Labsa” (Buxoro)
“G'ijduvon” (Buxoro) - “Lokomotiv-BFK” (Toshkent)
“Sherdor” (Samarqand) dam oladi


O'ZBEKISTON KUBOGI-2018 KUBOGI

1/32 FINAL (2 aprel)

“Nurafshon” (Toshkent viloyati) - “Iftixor” (Yoshlar ittifoqi jamoasi)
“Sherdor” (Samarqand) - “Labsa” (Buxoro)


1/16 FINAL (15-16 aprel)

"Mashal" - "Istiqlol"
"Lokomotiv-BFK" - "Surxon"
"Orol" - "G'ijduvon"
"Xotira-79" - "Dinamo"
"Nurafshon" va "Iftixor" g'olibi - "Yozyovon"
"Sho'rtan" - "Neftchi"
"So'g'diyona" - "Metallurg"
"Zomin" - "Qo'qon-1912"
"Andijon" - "Navbahor"
"Qizilqum" - "Buxoro"
"Sherdor" va "Labsa" g'olibi - "Xorazm"
AGMK - "Norin"

1/8 finalga ushbu bosqich bo'lib o'tganidan so'ng qur'a tashlanadi. Unda "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Nasaf" klublari qo'shiladi.


Manba: championat.asia