PRO-Liga. "Do'stlik" mavsumdagi ilk g'alabasini "Olimpik-MobiUz"ga qarshi bahsda qo'lga kiritdi

Omonjon To`xtamirzayev
23 may 2024
Xabaringiz bor, kechadan PRO-Liganing 9-tur uchrashuvlariga start berilgandi.

Bugungi kunning birinchi bellashuvida "Olimpik-MobiUz" va "Do'stlik" jamoalari ro'baro kelishdi. Qiziqarli bellashuvda 3 ta gol urildi va mehmonlar omadliroq chiqishdi.

E'tiborlisi, bu "Do'stlik" uchun mavsumdagi birinchi g'alaba hisoblanadi. 

 

"Olimpik-MobiUz" - "Do'stlik" 1:2
23 may, 17:00. "JAR" stadioni.
Bosh hakam: Naim Qosimov
Qanot hakamlari: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov
Zaxira hakami: Rahimbek Karimov
Nazoratchi: Shuhrat Bozorov
Komissar: Vladimir Nazarov
Gollar
: Sherzod Qodirov, 47 (0:1), Daler Tuxsanov, 57 pen (1:1), Abduhamidov Hamidullo, 78 (1:2)






Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia