PRO licenziyasi bo'lmagan Vitaliy Levchenkoning o'rniga kim bosh murabbiy bo'ladi?

Оқил Абдубарноев
21 iyul 2022
Bundan biroz oldin O'zPFL rahbari Diyor Imomxo'jaev kanalida "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko bilan bog'liq xabarni e'lon qildi.

Unga ko'ra murabbiy Pro licenziyasi yo'qligi bois bosh murabbiy sifatida ishlay olmaydi. Bu to'g'ri. Biz aniqlashtirgan ma'lumotlarga ko'ra, ayni paytda Vitaliy Levchenko Pro licenziyasiga o'qishni davom ettirmoqda. Agarda O'zPFga xat taqdim qilish orqali muammo hal bo'lmagan taqdirda, uning yordamchisi Vladimir Ejurov bosh murabbiy vazifasini bajarishi mumkin. 

Ushbu mutaxassis yurtimizda "Metallurg", "Semurg'", Rossiyaning "Rubin", "Enisey", "Krilya Sovetov", Qozog'istonning "Astana" jamoalarida faoliyat olib borgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia